«shofirkon tumani» tegli maqolalar


Alisher Fayzilloyev Shofirkon tumani hokimi etib tayinlandi
13 aprel 2023, 15:32

Alisher Fayzilloyev Shofirkon tumani hokimi etib tayinlandi

Buxoro viloyati Shofirkon tumaniga Alisher Fayzilloyev hokim etib tayinlandi. U Davlat soliq qo‘mitasi moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Sobiq hokim boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan.

Shofirkon tibbiyot birlashmasida 1,2 mlrd so‘mlik kamomad aniqlandi
4 mart 2022, 17:39

Shofirkon tibbiyot birlashmasida 1,2 mlrd so‘mlik kamomad aniqlandi

Antikorrupsiya agentligi Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi faoliyatida 1,2 mlrd so‘mdan ko‘proq moliyaviy xato va kamchiliklarni aniqladi. Birlashmada aslida ishlamagan xodimlar uchun oylik ish haqlari to‘langani, tibbiyot texnikalari qimmat narxda sotib olingani, pullik tibbiy xizmatdan tushgan mablag‘lar maqsadsiz sarflangani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Buxoroda 3 balli zilzila sodir bo‘ldi
11 avgust 2021, 12:51

Buxoroda 3 balli zilzila sodir bo‘ldi

Chorshanba kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 3 balli zilzila sezildi.

Shofirkon tumani hokimi xalqdan uzr so‘radi
6 oktabr 2020, 18:42

Shofirkon tumani hokimi xalqdan uzr so‘radi

Hokim Shukrulla Hakimov Shofirkon tumani ko‘rsatkichlari «qoniqarsiz» deb baholangani sababli xalqdan uzr so‘radi va yil oxirigacha vaziyatni to‘g‘irlab, kelasi yil tumanni «yaxshi» deb baholanuvchi darajaga olib chiqishga va’da berdi. Daryo nashri uning nutqi vaqtida ayrim tinglovchilarning mudrayotganiga e’tibor qaratdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting